Bugun IIV Markaziy poliklinikasida ushbu tibbiyot muassasasi hamshiralari ishtirokida “Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.

Bir-biridan zukko, oʻz sohasining bilimdoni boʻlgan hamshiralar bellashuv shartlari boʻyicha qizgʻin bahslashishdi. Va nihoyat yakuniy ballarga koʻra, faxrli birinchi oʻrinni mazkur tibbiyot muassasasining terapiya boʻlinmasi tibbiy hamshirasi Nargis Muhammedova qoʻlga kiritdi. 

Ushbu koʻrik-tanlov haqida gazetamizning navbatdagi sonida batafsil oʻqiysiz.