Odil Yoqubov 1926 yil 20 oktyabrda hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyatining Qarnoq qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1985). Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1956).

Dastlabki asari — «Tengdoshlar» qissasi 1951 yilda eʼlon qilingan. Shundan soʻng yozuvchining «Dastlabki qadam» (1953), «Ikki muhabbat» (1955), «Muqaddas (1960), «Tilla uzuk», «Bir feleton qissasi» (1961), «Qanot juft boʻladi», «Matluba» (1970) qissa va hikoyalar toʻplamlari nashr etilgan. «Er boshiga ish tushsa…» (1966), «Ulugʻbek xazinasi» (1973), «Koʻhna dunyo» (1982), «Diyonat» (1977), «Oqqushlar, oppoq qushlar» (1988), «Adolat manzili» (1998) kabi romanlar muallifi. «Chin muhabbat» (1955), «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi», «Yurak yonmogʻi kerak» (1958), «Olma gullaganda» (1961), «Muzaffar Temur» (1996), «Bir koshona sirlari» (2000) kabi pesalar, «Dilbarim», «Bahor yomgʻirlari» kinostsenariylari ham yozuvchi qalamiga mansub (1971).

Odil Yoqubov 2009 yil 21 dekabrda Toshkent shahrida vafot etdi. U Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). «Doʻstlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.