Oʻzbek qoʻshiqlar ijrochisi Zulayho Boyxonova 1963 yil 28 aprelda Namangan viloyatining Uychi tumanida tugʻilgan. 1986 yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat institutining musiqali drama aktyorligi boʻlimini tamomlagan. 1987 yildan 2011 yilgacha Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatrida oliy toifali solist-vokalist boʻlib ishlagan. 2011 yildan erkin ijodkor xonanda.
2011 yilda “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika koʻrik-tanlovida 1-oʻrinni egallagan. Eng ommabop qoʻshiqlari “Hay, hay”, “Rashk”, “Bir qadam”, “Kimnidir sevganmisan”, ”Boʻlmasa, boʻlmas” kabilar hisoblanadi.
1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi xizmat koʻrsatgan artist, 2003 yilda Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti unvonlari, 2011 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Adolat FAYZIEVA tayyorladi.
