Fargʻona shahridagi Afrosiyob tantanalar majmuasida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan fidoyi va jonkuyar ayollar hamda faxriylar ishtirokida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Uni boshqarma boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov ochib, sohamiz malikalarini mazkur sana bilan samimiy muborakbod etdi hamda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonovning bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Shundan soʻng, oʻzining xizmat vazifasini sidqidildan ado etib kelayotgan bir guruh xodimalarga vazirlik va viloyat IIBning turli darajadagi mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek ushbu kechaga taklif qilingan, xizmat vaqtida halok boʻlganlarning oila aʼzolariga ham bayram sovgʻalari tortiq etildi.
Tadbir davomida sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan bahor fasli va ayollarni tarannum etuvchi dilrabo kuy-qoʻshiqlar va jozibali raqslar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
