Buxoro viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Umid Utaev boshchiligidagi masʼullar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi. Unda jamiyatda oʻta dolzarb masala sanalgan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish, unga qarshi kurashish har bir davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolayotganligi, bu borada muvaffaqiyatli tizimni barpo etish, keng koʻlamli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish, amalga oshirilayotgan ishlarga tanqidiy yondashgan holda, milliy qonunchilikda belgilangan qonun-qoidalarni amaliyotga tatbiq etish haqida soʻz yuritildi. Xalqimizning tom maʼnodagi adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun nafaqat masʼul shaxslar, balki har bir xodim oʻz hissasini qoʻshishi zarurligi taʼkidlandi.
Shu oʻrinda, xodimlarda korrupsiyaga, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyatining shakllanishiga ham alohida eʼtibor qaratilishi lozimligi, bunda qonunbuzarliklar sodir etilishiga, koʻpayishiga xodimlarning befarq va loqayd boʻlmasliklariga urgʻu berildi.
Baxtiyor XUDOYBERDIYEV,
mayor.
Buxoro viloyati.
