Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizdagi 7534-harbiy qismda “Otam onam va men – sogʻlom oilamiz” shiori ostida ommaviy sport tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Unda ona Vatanimiz osoyishtalik posbonlari va ularning oila azolari sportning bir nechta turi boʻyicha oʻzaro bellashdilar. 

Murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtgan mazkur tadbir yakunida barcha raqiblarini dogʻda qoldirgan harbiy qism qoʻshinlar xizmati boshligʻi, mayor Vahob Qoʻldoshev oilasi birinchi pogʻonani zabt etgan boʻlsa, avtomobil vzvodi komandiri, kapitan Hamid Axmedov oilasi faxrli ikkinchi oʻringa munosib topildi, nazoratchilar vzvodi seksiya komandiri, serjant Qudrat Jumaboev oilasi esa, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 

Shuningdek, “Eng faol oila” va “Eng quvnoq oila” nominasiyalari boʻyicha ham sovrindorlar eʼlon qilindi.

Doʻstona va samimiy ruhda oʻtgan mazkur tadbir yakunida gʻolib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.