Sharof Rashidovning asarlari oʻzbek sanʼatining noyob durdonalarida yashaydi. Masalan, «Yor-yor» filmida «Dugonalar» qoʻshigʻi, «Chinor ostidagi duel» kinoasarida esa «Sado» guruhining «Yor kelur» qoʻshigʻi beriladi. Sharof 

Ra­shidov sheʼrlariga bastalangan ushbu qoʻshiqlar haqiqiy sanʼat darajasida kuylangan. Mazmunan boyligi, koʻtarinkiligi bilan oʻz-oʻzidan dilbar qoʻshiqlarga jo boʻlgan satrlar bugun ham xalq tilidan tushmaydi.

Taniqli bastakor Sulaymon Yudakov tomonidan adibning «Kashmir qoʻshigʻi» qissasidagi «Dugonalar» sheʼriga bastalagan qoʻshiqni Oʻzbekiston xalq artisti Saodat Qobulova maromiga yetkazib ijro etgan, bugungi kunda opa-singillarimiz uchun mehr ramziga aylangan. Vokal-musiqa janri uslubida yaratilgan qoʻshiq hamon oʻz badiiy qimmatini yoʻqotmay, ijrochilar tomonidan kuylanib kelinmoqda.

Dugonalar bormisiz, omonmisiz?

Jam boʻlishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey.

Jam boʻlishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey, 

bormisiz, yor-ey, jon?


Hech qanday kuch bizni xazon etolmas,

Boʻron, Horud murodiga yetolmas.

Jam boʻlishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey, 

bormisiz, yor-ey, jon?


Obod boʻlur bahorimiz, bogʻimiz, 

Jam boʻlishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey.

Jam boʻlishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey, 

bormisiz, yor-ey, jon?


Qora kuchlar gulistondan quvilsin,

Gullar bargi shabnam bilan yuvilsin.

Jam boʻlishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey, 

bormisiz, yor-ey, jon?