Inson hayoti davomida turli masalalar yuzasidan davlat organlariga murojaat qilishiga toʻgʻri
keladi. Tan olish kerak, bunday holat koʻpchilikka maʼqul kelmaydi. Axir, ertalabdan ishxonangizdan ruxsat soʻrab bir idoraga borsangiz-u, u yerda uzundan-uzun navbatni
koʻrsangiz, bu kimga ham yoqadi? Yana qogʻozbozlik, tanish-bilishchilik tufayli asabingiz buzilib, yarim kun vaqtingiz oʻtib ketsa-da, ishingiz bitmasa, bundan yomoni boʻlmasa kerak.
