Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni tantanali ravishda nishonlandi. Tadbir avvalida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Tantana davomida mamlakatimiz rahbarining 2022 yil 13 yanvardagi farmoni asosida “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan viloyat IIB PPX va JTSB patrulʼ-post xizmati batalʼoni komandiri, podpolkovnik Umar Qodirov qutlandi.

Shuningdek, bir guruh xodimlarga “Oʻzbekiston Qurolli Kuchlariga 30 yil”, “Aʼlo xizmatlari uchun”, I, II hamda IIIdarajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari, faxriy yorliq hamda sovgʻalar topshirildi. Sohaning yana bir qancha vakillari navbatdagi maxsus unvonlarni qabul qilib oldilar. Yakunda viloyat ichki ishlar organlarining yosh xodimlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovi gʻoliblari diplom va estalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.