* Uyingga quvonch kirsa, sekinroq shodlan. Chunki yaqin atrofda hasad izgʻib yuradi, eshitib qolishi mumkin.

* Yolgʻizlik – yaqin insonlaringdan judo boʻlish emas, ularning begonaga aylanishidir.

* Qarzni hadya qilib yuboradigan miqdorda ber, odamlarga kechira olishing darajasida ishonch bildir. 

* Eng ogʻir jazo – vijdon azobi.

* Unutma, boshingga kelgan har bir narsa imtihondir. Pul imtihon, farzand imtihon, yor imtihon, oʻlim imtihon – hayotning oʻzi avval-boshdan imtihon. Saboqlarni oʻzlashtirmas ekansan, sinfda qolishing tayin.

* Kutma. Vaqt hech qachon ideal darajada qulay boʻlmaydi.

 * Agar kimdir gap bilan tushunishni istamasa, unga hammasini vaqtning oʻzi tushuntirib qoʻyadi. 

* Bolalar bizga quloq solmaydi. Ular bizni koʻrib turadi. 

* Agar kechagi kun qandaydir xato tufayli yoʻqotilgan boʻlsa, bu haqda oʻylayverib, bugungi kuningdan ham ayrilib qolma.

* Muvaffaqiyatli kishilar mustaqil ravishda oʻzgaradi, qolganlarni esa hayot oʻzgartiradi.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.