Bir donishmanddan soʻrashibdi: 

– Sizni koʻproq nima hayratlantiradi? 

U esa shunday javob qilibdi: 

– Odamlar. Chunki ular avvaliga oʻz sogʻligʻidan kechgan holda, pul topishga intiladi. Keyin bir talay mablagʻni salomatlikni tiklash uchun sarflaydi. Bundan tashqari, ular kelajak haqida shunchalik koʻp qaygʻurishadiki, bugungi kundan zavq olishni unutadilar. Natijada na ayni damda, na kelajakda huzurli hayot kechirishadi. Vafoti yaqinlashganida esa rohatlanib yashamaganidan afsuslanishadi. 

Umr mislsiz tezlik bilan oʻtib ketadi, odamlarga buni hayqirib eslatgim keladi. Hozirgi on bilan yashang! Negaki, kechagi kun ortda qoldi, ertangi kun esa boʻlmasligi ham mumkin. Bilingki, bugun hayotingizdagi eng yaxshi va omadli kun!.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.