Uychi tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Furqat Mirzaev rahbarligidagi 3-sektorda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida toʻgaraklar tashkil etilgan.

«Balandariq» mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi Ruxsora Karimjonova tashabbusi bilan madaniy-maʼrifiy, sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazildi.

Mahalla yoshlari oʻrtasida sportning velopoyga, shaxmat-shashka, futbol, stol tennisi, basketbol turlari boʻyicha musobaqalar, «Zakovat» intellektual oʻyini tashkil etildi. Gʻoliblar munosib taqdirlandi.

Gulchehra Buvamirzaeva,

“Postda” muxbiri,

Namangan viloyati.