Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida koʻplab tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, bugun erta tongdan Fargʻona viloyati hokimligi yonida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligining viloyatdagi harbiy qismlari ofiser, serjant, askarlari va keng jamoatchilik vakillari jam boʻlishdi.
Hajmi 1100 kv.m. boʻlgan ulkan bayroq askarlar koʻmagida keng yoyilib, viloyat markazidagi Tadbirkorlar uyi oldidan Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyigacha boʻlgan masofaga harbiy orkestr tomonidan ijror etilayotgan musiqa sadolari ostida olib borildi.
Ushbu jarayonni shahar ahli, ayniqsa, yoshlar zavq bilan, yuraklarida vatanparvarlik hissi joʻsh urgan holda kuzatib bordilar.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
