Yolgʻon gapirmang. Farzandingizni aslo aldamang, yolgʻon vaʼdalar bermang, qaror va fikrlaringizni oʻzgartirmang. Agar bolaning biron iltimosini bajarishni unutgan boʻlsangiz, shunchaki undan uzr soʻrang. Har bir kichik yolgʻon – bolaning oldida obroʻ-eʼtiboringizni tobora tushirishga xizmat qiladi.
Asabiylashmang. Bolalar bizning tabiatimiz va kayfiyatimizni juda yaxshi his etib, oʻzlariga tez qabul qilishadi. Odatda, vazmin kishilarning oʻgʻil-qizlari ham ogʻir-bosiq boʻlib voyaga yetadi. Ikkinchidan, bola tarbiyasi anchayin sabr-toqatni talab etadi.
Farzandingizni urmang. Bolaga qoʻl koʻtarib (hatto bu kichik shappati boʻlsa ham), unga barcha masalalarni kuch orqali hal qilish mumkinligini oʻrgatgan hisoblanasiz.
Yomon oʻrnak koʻrsatmang. Ichish va chekishni odat qilgan, nosogʻlom turmush tarzini olib borayotgan ota-onalar oʻsib kelayotgan avlodning ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari, oʻzi sigaretani tutatib, farzandiga chekishning zarari haqida gapirgan odamning soʻzlari hech qanday taʼsirga ega boʻlmaydi.
Erkalatib yuborishdan qoʻrqmang. Har bir ota-ona oʻz farzandini bagʻriga bosishi, koʻtarib, erkalashi, unga sovgʻalar tuhfa etishi kerak. Bu, bir tarafdan, bola tarbiyasidagi oʻziga xos va kerakli jihat. Asosiysi, har narsaning meʼyori boʻlishini unutmaslik va yuqoridagi qoidalarga amal qilishdir.
Unutmang, har bir farzandning bolalik davri yagona va u ortga qaytmaydi. Ularning bagʻringizda oʻtkazgan har bir oni baxtiyor va samarali kechishi esa faqatgina sizga bogʻliq.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
