Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi. Unga koʻp yillar ichki ishlar organlari tizimida samarali xizmat qilib, yosh xodimlarga sohaning sir-sinoatlarini oʻrgatgan, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlar taklif etildi. 

Tadbir avvalida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. Shuningdek, faxriylarning mashaqqatli xizmatlari eʼtirof etilib, sovgʻa-salomlar topshirildi, bayram dasturxoni yozildi. Shu kuni 5 nafar xodim tantanali ravishda pensiyaga kuzatildi. 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.