Hayotning pastu baland yoʻllarini bosib oʻtgan nuroniylarimizning tajribasi, purmaʼno oʻgitlari yoshlar uchun ibrat maktabidir. Ichki ishlar organlari tizimida davom etayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Navoiy viloyati IIBda uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda soʻzga chiqqan ustoz faxriylar yosh xodimlarga oʻzlarining hayot yoʻli hamda muvaffaqiyatlarga erishish sirlari haqida hikoya qilishdi. Shuningdek, malkali xodimlarga yoshlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash borasida qimmatli maslahatlar berishdi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
