Fargʻona viloyati IIB Faxriylar kengashi hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Fargʻona viloyati boʻlimi hamkorligida Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov memorial muzeyida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda Fargʻona viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Arabboy Usmonov va boshqa faxriylar ishtirok etib, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari bilan muloqot oʻtkazdilar.

Mahorat darsi tarzida kechgan uchrushuvda faxriylar yoshlar tarbiyasi, kitobxonlik madaniyati, ilm va hunarning inson kamolotidagi oʻrni, Vatanga muhabbat, ustozlarga hurmat kabi tushunchalar haqida soʻz yuritdilar va ishtirokchilarga oʻzlarining qimmatli maslahatlarini berdilar.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.