Toshkent shahar IIBB idora va tizimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar, ishchi va xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalasi ham doim diqqat markazida. Xususan, xodimlarning turmush oʻrtoqlari, ularning 18 yoshga toʻlgan farzandlarini kasbga yoʻnaltirish, kasbiy qiziqishi va layoqatini inobatga olgan holda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan.

Yaqinda Toshkent shahar IIBBning bir guruh faxriylari uchun monomarkaz boʻylab sayohat tashkil etildi. Ular bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. 

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.