Sirdaryo viloyati IIBda boshqarma boshligʻining maslahatchisi, isteʼfodagi podpolkovnik Oʻktam Boltaboev hamda Faxriylar kengashi raisi, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik Yusuf Toshboyev ishtirokida «Faxriy ustozlar oʻgiti kuni» maʼrifat tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan faxriylar bugungi kunda mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilgan shart-sharoit hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni alohida eʼtirof etishdi. Shu bois yosh xodimlar xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, sadoqat bilan xizmat qilishi kerakligi taʼkidlandi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.