2 iyul – Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat gerbi qabul qilingan kun
Asrlardan gʻolib, yillardan magʻrur,
Ulugʻ yoʻl bagʻrida ungan gʻurursan.
Dumaloq dunyoda adl turolgan,
«Oʻzbekiston» degan oltin muhrsan.
Oʻzing tegrasida qizargan oftob,
Sen xalqim koʻnglida ochilgan paxta.
Yuragida nishlab tursa boshogʻi,
Humoning bagʻrida mujassam baxti.
Navqiron yillarning nafasi uzra,
Togʻlaru bogʻlarda tebransa beshik.
Har yon taralganda baxtning nafasi,
Ulugʻ manzillarga ochibsan eshik.
Dunyoga oʻrgatgan baxtli yashashni
Zamin kiprigiga ingan mehrsan.
Jahon peshtoqida navqiron imzo —
«Oʻzbekiston» degan oltin muhrsan.
Dilfuza MAHKAMOVA,
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.
