IIVning 2022-yil 15-fevraldagi tegishli buyrugʻida barcha xodimlari ishtirokida “Ichki ishlar organlari xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi xalqi oldidagi halollik qasamyodi” tadbirlarini tantanali ravishda oʻtkazish belgilangan.
Yaqinda Qashqadaryo viloyati Koson tumani IIBda shaxsiy tarkibning “Ichki ishlar organlari xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi xalqi oldidagi halollik qasamyodi” tadbiri oʻtkazildi.
Tuman IIB rahbariyati va sohaviy xizmatlar boshliqlari qatnashgan tantanali tadbirda shaxsiy tarkib oʻrtasida olib borilayotgan tizimli ishlar xodimlarning maʼnaviyati hamda intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishga, xodimlar oʻrtasida qonunbuzilishi holatlarining oldini olishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
