Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, xalqqa muhabbat, oʻz vazifasiga sadoqat, fidoyilik ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boʻlib oʻtgan “Maʼnaviyat oyligi” rejalariga bagʻishlangan brifingda shu haqda gap bordi. Unda viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari, respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyat boʻlimi rahbari, viloyatdagi 30dan ortiq OAV vakillari, telekanallar muxbirlari, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.
Brifing davomida jurnalistlar va blogerlar ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” tadbiri rejalari hamda soha xodimlarining maʼnaviy salohiyatini oshirishga qaratilgan dasturlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, jahonda gʻoyaviy-mafkuraviy, maʼnaviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda huquq-tartibot posbonlarining maʼnaviy barkamolligini taʼminlash juda muhimligi taʼkidlandi. Tadbir yakunida viloyat IIBning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish borasida takliflar berildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
