“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli 7261-sonli harbiy qismda kitobxonlik haftaligi oʻtkazildi.
Kitob – ruhiyatimiz oziqasi. U bilan doʻstlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga bir olam maʼnaviy oziqa berib, ezgulikka yetaklaydi.
Xodimlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi barchaga manzur boʻldi. Harbiy xizmatchilar oʻzlari va farzandlari uchun jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblarni sotib olish imkoniga ega boʻlishdi.
Oʻz muxbirimiz.
