Yoshlarni vatanparvar, yurtga sodiq qilib tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, harbiy va siyosiy oʻzgarishlardan voqif qilish maqsadida IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qismda ochik eshiklar kuni oʻtkazildi. Shu kuni harbiy qism joylashgan hudud yaqinidagi maktab va litseylarning oʻquvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari taklif etildi. Tadbirda bolalarga harbiy xizmatchi, yaʼni askarning bir kunlik hayoti bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Yaʼni askarning kunlik meʼyoriy ovqatlanish tartibi, kun davomida bajaradigan mashgʻulotlari, harbiy xizmatchilar foydalanadigan qurol-aslahalar toʻgʻrisida qiziq maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Bularning hammasi koʻrgazma shaklida koʻrsatildi.Tadbir yakunida harbiy qism orkestri va maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi harbiy xizmatchilari oʻz chiqishlarini namoyish etishdi.

Azamat Qurbanbayev,

shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi, oddiy askar.