IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7261-sonli harbiy qismda 1 dekabrʼ – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Seminar-trening tarzida boʻlib oʻtgan tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Tibbiyot boʻlimi sanitariya nazorat boʻlimi shifokori R.Samenova va harbiy qism tibbiyot xizmati boshligʻi, kapitan, shifokor U. Sirojov OITS kasalligining kelib chiqishi, yuqush yoʻllari, uning oldini olish, profilaktikasi borasida zarur maʼlumotlarni aytib oʻtishdi. Harbiy xizmatchilarning mavzu yuzasidan savollariga mutaxassislar batafsil javob berishdi. Xullas, harbiy xizmatchilarning bu boradagi tibbiy bilimi oshirildi.

Shuningdek, harbiy qismda “Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tili toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan maʼnaviy tadbir ham boʻlib oʻtdi. Harbiy qism shaxsiy tarkibi va Ajiniyoz nomidagi pedagogika instituti talabalari ishtirok etgan tadbirda Qoraqalpoq tilining tarixi, buguni va rivojlanish istiqbollari haqida fikr bildirildi. Tadbirda Ajiniyoz nomidagi pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari Qoraqalpoq tilining rivojlanishi, uni asrab-avaylash borasida oʻz fikr-mulohazalarini aytib oʻtishdi. Tadbir soʻnggida estrada yulduzlarining konsert dasturlari namoyish etildi.

Azamat Qurbanbayev,

shrtnoma asosidagi harbiy xizmatchi, oddiy askar.