IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Nukus shahridagi 7261-sonli harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat qilishdi.

Taʼkidlash joizki, mazkur muzey Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muzeylardan biri hisoblanib, unga eksponatlar yigʻish 1929-yili Toʻrtkoʻl shahridagi Qoraqalpogʻiston oʻlkashunoslar jamiyati tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmadan boshlangan. Hozirda muzeyda tabiat, arxeologiya va etnografiyaga oid 65 mingdan ortiq eksponat mavjud.

Shuningdek, bu yerda qadimgi hayvon va oʻsimliklar qoldiqlari, Orol dengizi atrofida yashagan noyob va yoʻqolib borayotgan qush va hayvonlar tulumlari qoʻyilgan. Eksponatlar orasida soʻnggi Turon yoʻlbarsi diqqatga sazovordir. Bu yirtqich hayvon 1949-yili mahalliy aholi tomonidan Amudaryo deltasida otib oʻldirilgan. Bundan xabar topgan muzeyi xodimlari hayvonning tanasinidan tulum ishlab, uni eksponat sifatida saqlab qolish choralarini koʻrishgan.

Bundan tashqari, muzeyda XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida yashagan mahalliy aholi tomonidan foydalanilgan uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-yaroqlar va boshqada buyumlar joy olgan.

Xullas, muzey harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi.

Abbos BEKNAZAROV,

kapitan.