IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari dam olish kunini mazmunli va maroqli oʻtkazishdi. Shu kunlari harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari Toshkent shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyiga sayohat qilishdi.
Sayohat davomida davlatimiz va jahon tarixiga oid turli eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, rassomlar tomonidan chizilgan mashhur asarlar harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi. Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatan tuygʻusi muqaddas ekanligini chuqur anglab yetishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻz muxbirimiz.
