Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari maʼnaviyat oyligi doirasida poytaxtimizda joylashgan Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohat qilishdi.

Tashrif davomida harbiy xizmatchilarga Vatan ozodligiga osonlikcha erishilmagani, bu yoʻlda koʻplab yurt oʻgʻlonlari, maʼrifatparvarlari jon berganligi muzey eksponatlari orqali tushuntirib oʻtildi. Zal markazida oʻrnatilgan “Iztirob haykali”, farzandini kutayotgan ota-ona, oʻz yorini sogʻingan ayol, ota mehriga toʻymagan bola tasviri barchada oʻzgacha hislarni uygʻotdi.

– Bugungi sayohatdan koʻzlangan maqsad – xalq ozodligi yoʻlida qurbon boʻlgan ajdodlarimizni yana bir bor yodga olish, ularning shonli yoʻlini oʻrganish, shunday vatandoshlarimiz bilan faxrlanish tuygʻusini kuchaytirishdan iboratdir, – deydi harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, mayor Feruz Saidov.

Azamat Kurbanbaev,

oddiy askar.