* Qayta qoʻngʻiroq qilishga vaʼda berdingizmi, albatta qiling.

* Kech qolyapsizmi? Ilojini topib, ogohlantirib qoʻying.

* Boshqalarning orzulari ustidan kulmang.

* Sizni sotganlarga qaytib ishonmang.

* Ota-onangiz bilan koʻproq vaqt oʻtkazing. Ularni kutilmaganda yoʻqotib qoʻyishingiz mumkin. 

* Muloyimlik toshni kesar, deyishadi. Shu iboraga koʻproq amal qiling.

* Aybingizni tan olishni oʻrganing.

* Noliydigan odatingizdan voz keching.

* Hatto jiddiy janjal boʻlsa ham, qoʻpol soʻz ishlatmang. Bir kun baribir yarashasiz, kelishib ketasiz. Ammo soʻzlar xotirada abadiy qoladi.

* Haqiqatni gapiring, ana oʻshanda hech narsani eslab qolishning hojati boʻlmaydi.