Maʼnaviyat oyligi doirasida IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlarida bir qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bu borada maʼnaviyat marshrutlari doirasida tarixiy qadamjolar, turli madaniy maskanlarga qilinayotgan sayohatlarning ahamiyati katta boʻlyaptida.

Xususan, yaqinda qoʻshin qoʻmondonligi shaxsiy tarkibi qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik I.Umirzakov boshchiligida poytaxtimizda joylashgan Hazrati Imom majmuasi, Gʻalaba bogʻi va boshqa madaniy obyektlarga sayohat qilishib, unutilmas taassurotlarga ega boʻlishdi. Muhimi, shu kungi sayohatdan harbiy xizmatchilar bir olam maʼnaviy oziqa olishdi.

Oʻz muxbirimiz.