HUQUQIY MASLAHATLAR BERILDI

Unda Margʻilon, Quvasoy, Fargʻona shaharlari hamda Qoʻshtepa, Oltiariq, Quva, Toshloq, Yozyovon va Fargʻona tumanlaridan alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan va profilaktik hisobda turgan 300 nafar xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida huquqiy maslahatlar berish bilan birga, ularning bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” mavzusida savol-javoblar oʻtkazilib, uning gʻoliblariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Viloyat musiqali drama teatrining mahoratli aktyorlari tomonidan namoyish etilgan “Zoʻrdan-zoʻr” nomli spektakl esa, barchaga xushkayfiyat bagʻishladi. 

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.