Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot boʻlimi xodimlari oʻrtasida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati va maqsadini tushuntirishga doir huquqiy targʻibot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda qabul qilingan huquqiy hujjatlarni mazkur qonunga muvofiqlashtirish hamda soha xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish borasida soʻz yuritildi. Shuningdek, qator mutasaddilar qonun mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib, ularning ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.
I.SHODIYEV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
