Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Nukus shahridagi 7261-sonli harbiy qism va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Axborot–kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya– xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassisi Mutabar Abdiraxmanova, Nukus davlat pedagogika instituti talabalari, 7261-sonli harbiy qism xizmatchilari, Axborot–kutubxona markazining Elektron resurslardan foydalanish va oʻquv zallari xizmati boshligʻi Jibek Tileubayeva, Umumiy oʻquv zali sektor boshligʻi Bolgʻanay Uteniyazovalar ishtirok etdi.
Unda soʻzga chiqqanlar tomonidan Konstitutsiyaning jamiyatimiz hayoti, huquqiy davlat, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi oʻrni, shuningdek, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, Oʻzbekistonni eng rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam oʻrin egallashi kabi maqsadlar mujassamlashgani, yaqinda kiritilgan oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar berilib, huquqiy tushunchalari oshirildi.
Tadbir soʻngida muddatli harbiy xizmatchilar oʻzlarining Vatan, ona toʻgʻrisida yozgan sheʼrlarini oʻqib, kuy–qoʻshiqlar ijro etishdi.
Abbos BEKNAZAROV,
kapitan.
