Qadimiy va navqiron Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi dunyoning 9 ta eng mashhur qalʼa-shaharlari qatoridan munosib joy oldi.
Turizm sohasini yoritishga ixtisoslashgan Buyuk Britaniyaning “Wanderlust” jurnali sahifasida “Dunyodagi 9 ta eng qadimiy devorli shaharlar” eʼlon qilindi. Ular Kartaxena (Kolumbiya), Dubrovnik (Xorvatiya), Tarudant (Marokash), York (Buyuk Britaniya), Ichan-qalʼa (Xiva, Oʻzbekiston), Karkasson (Fransiya), Quddus, Mdina (Malʼta), Sian (Xitoy).
Demak, Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi yana dunyo sayyohlari eʼtiborida.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
