Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
“Eng namunali tuman va shahar” tanlovida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli yoʻlga qoʻygan, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan hamda oʻz hududida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlagan 14 ta tuman va shahar, “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida esa 21 ta vazirlik va idora ishtirok etdi.
Yakunda gʻoliblar aniqlandi. Quvonarlisi, “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida 92,5 ball bilan Ichki ishlar vazirligi 1-oʻringa munosib deb topilib, bosh mukofot – “Damas” avtomashinasi tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir haqida gazetamizning keyingi sonida batafsil oʻqishingiz mumkin.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.