Sport bilan shugʻullanish bosh miya faoliyatiga ijobiy taʼsir qiladi. Faol hayot tarzi olib boradigan odamlarda bosh miya kasalliklari nisbatan kam uchraydi. Chunki jismoniy mashqlar organizmda qon aylanishini yaxshilaydi. 

Bilim olish bosh miya uchun foydali. Oʻqimishli kishilar kamdan-kam hollarda bosh miya bilan bogʻliq kasalliklarga uchraydi. Miyani murakkab vazifalarni yechish uchun zoʻriqtirib, shu orqali uni qoʻshimcha toʻqimalar ishlab chiqishga koʻniktiramiz.

Qancha koʻp suv ichsak, bosh miya shunchalik yaxshi ishlaydi. Inson tanasining 80 foizini suv tashkil qiladi. Nafaqat miya, balki butun organizmning toʻgʻri ishlashi uchun yetarli miqdorda toza suv qabul qilish muhimdir.

Miya charchamaydi. Har kuni inson xayoliga 70 mingga yaqin fikr keladi. Aqliy mehnat miyani charchatishga qodir emas. Muammoni hal qilish borasida qancha uzoq oʻylamang, miya istalgan pallada bir xilda ishlaydi. Biz shunchaki oʻz hissiy holatimizni miya charchogʻi bilan aralashtirib yuboramiz.

Miya harorati uyqu davomiyligiga bogʻliq. Uyqu yetishmasligi oqibatida uning harorati koʻtariladi. Esnash tananing himoya funksiyasi boʻlib, odam esnaganda bosh miyani sovitish jarayoni amalga oshiriladi.

Miya ogʻriq sezmaydi. Unda ogʻriq reseptorlari mavjud emas. Bosh miya bilan bogʻliq jarrohlik amaliyotlarini hatto narkoz taʼsirisiz ham amalga oshirish mumkin. Bunga shunchaki bemorning xavfsizligi uchun yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.