Bir kishi yoʻlda ketayotib, olov ichida qolgan ilonga koʻzi tushibdi va uni alanga iskanjasidan qutqarishga qaror qilibdi. Shu on ilon dabdurustdan uni chaqib olibdi. Erkak chidab boʻlmas ogʻriq taʼsiridan ilonni siltab tashlab yuboribdi. Jonivor toʻlgʻonganicha yana olov ichiga tushibdi. Shunda haligi kishi qoʻliga bir temirni olib, ilon tomon uzatibdi va uni baribir qutqaribdi.
Bir chetda hayrat bilan kuzatib turganlardan biri undan soʻrabdi: «Bu ilon seni chaqib oldi, nega shunga qaramay unga yana yordam koʻrsatding?»
Xaloskor shunday javob qilibdi: «Chaqish bu – sudralib yuruvchilarga xos boʻlgan jihat. Ularning mijozi shunday. Lekin ushbu holat mening yordam berishga boʻlgan istagimni soʻndirmasligi, yaʼni mening mijozimni oʻzgartirmasligi lozim».
Qissadan hissa: kimdir seni yaralagani yoki qalbingga ozor yetkazgani uchun oʻz borligʻingdan kechma. Yomonlik taʼsirida xatoga yoʻl qoʻyib, goʻzal qalbingni aslo zaharlama! Shunchaki dushman yoki raqiblarga qarshi ehtiyot chorasini koʻrishni unutma va zinhor oʻzligingni yoʻqotma!
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
