Jonajon yurtimizda kechayotgan mislsiz taraqqiyot, zafarlarga monand mening hayotimda ham olgʻa siljishlar, oʻzgarishlar yuz berdi. Maktabda oʻqib yurgan kez­larimda ichki ishlar tizimida faoliyat koʻrsatib, mustaqilligimizni jon-jahdim bilan himoya qilish hamda tinchlik-oso­yishtaligimizni koʻz-qora­chigʻidek asrashni maqsad qilgandim. Aslida, yurt posboni boʻlishdek sharaf­li kasbga qiziqishimga otam Faxriddin Hasanov sababchi boʻlgan. U uzoq yillar viloyat IIB tizimida samarali faoliyat koʻrsatgan va harbiy kiyim kiyishimga qiziqish uygʻotgan. Shu bois 2011-yilning avgust oyida ichki ishlar organlariga ishga kirganman. Dastlabki xizmat faoliyatimni yongʻin xavfsizligi tizimida safdor xodimlikdan boshladim. IIV Akademiya­sida sirtqi taʼlim ochilgach, birinchilardan boʻlib hujjat topshirdim. Nihoyat, 2022-yili uzoq kutilgan natijaga erishdim: 11 yil oldin otamga bergan vaʼdamning ustidan chiqdim. Bugun men shu yurtda yashayotganimdan, sevimli kasbimda faoliyat yuritayotganimdan faxrlanaman. 

 Ayni paytda viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi katta yuriskonsulti lavozimida xizmat qilayapman. Kelajakda ilmiy ish qilish niyatim bor.  

Qisqasi, mustaqillik bizga osuda hayot, oʻz fikrimizni emin-erkin ifodalash, bilim va tajribani oshirish, jamiyat uchun nafi tegadigan muta­xassis boʻlish, el-yurt ravnaqi yoʻlida, buyuk kelajagimizni koʻzlab, halol mehnat qilish imkonini berdi. Shunday ekan, bunday imkoniyatlardan foydalangan holda, shu muqaddas yurtimiz uchun munosib oʻgʻlon boʻlishga intilish har birimizning burchimizdir. 

Muhriddin HASANOV, 

katta leytenant.

Buxoro viloyati.