Bugun Jizzax viloyati IIB, shahar va tumanlar ichki ishlar boshqarma va boʻlimlari hamda sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirokida hashar uyushtirildi. Soha vakillari oʻzlari xizmat qilayotgan binolarda tozalik ishlarini amalga oshirdilar. Jumladan, hudud tartibga olinib, yoʻlaklar tozalandi. Devorlar boʻyaldi, oʻtlar oʻrildi. Daraxtlar sugʻorilib, shoxlariga shakl berildi. 

Shuningdek, xizmat xonalarida tozalik ishlari amalga oshirildi. Artezian quduqlari, suv uzatish tarmoqlari koʻzdan kechirilib, kamchiliklari bartaraf qilindi.

Endilikda haftaning har shanbasida hashar oʻtkazish rejalashtirilgan. Tabiiyki, bu ishlar soha vakillarining kundalik xizmat va faoliyatiga halaqit qilmaydigan tarzda tashkil etilmoqda.

 Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati