Munosabat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  qarorining 3-bandi 1-xatboshisida ichki ishlar organarida qabul qilinganlar uchun dastlabki sinov muddati bir yil etib belgilanganligi men kabi kadrlar bilan taʼminlash xodimlari uchun judayam ayni muddao boʻldi desam mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki shu kunga qadar Iiolariga yangi qabul qilingan xodimlarga sinov muddati uch oy edi. Bu esa Iiolari tizimida yangi qabul qilingan xodimlarning toʻliq tizimga moslashishi va murabbiylaridan bilim va koʻnikmalarni oʻrganishi uchun oz muddatligi, buning natijada yuqori malakali professional kadrlarning shakllanishi koʻrsatkichining yuqori emasligiga olib kelardi. Mazkur qaror bilan biz kadrlar bilan taʼminlash guruhi xodimlariga xizmatga yangi qabul qilingan yosh xodimlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borishga, kelajakda, Iiolari tizimida sifatli kadrlar salmogʻini yanada oshirishimizga imkon beradi.

Oybek XALOQOV,

Peshku tuman IIB Kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektori, katta leytenant.