Yurtimiz yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida ona yurtga boʻlgan mehr-muhabbat va sadoqatni yanada kuchaytirish hamda kelajagimiz egalarining yozgi dam olish kunlarini maroqli oʻtkazish maqsadida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7531-harbiy qismda ham “Vatanparvarlik oromgohi” tashkil etildi.

Shu munosabat bilan, bu yerga tashrif buyurgan oʻquvchi-yoshlar turli sport oʻyinlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi, harbiy qismda ona yurtimiz osoyishtalik posbonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Bundan tashqari, shahrimizdagi diqqatga sazavor joylarga ham sayohat uyushtirilib, yoshlarning harbiy sohaga boʻlgan qiziqishlarining yanada ortishiga erishildi. 

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.