Loyiha davomida rejalashtirilgan tadbirlar birin-ketin amalga oshirildi.    Dastlab viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Sh. Aliyev ularni sutka davomida navbatchilikka jalb etilgan sohaviy xizmatlarning masʼul xodimlari bilan oʻtkaziladigan tezkor yigʻilishga taklif etdi. Soʻng boshqarma boshligʻi huzurida oʻtkazilgan tonggi yoʻriqnomada masʼul rahbarlar va navbatchi xodimlarining kunlik axborotlari tinglandi.

Yana viloyat IIB katta majlislar zalida boshqarma hamda shahar-tuman IIBlar rahbariyatidan tergov-tezkor guruhiga masʼullar va sohaviy xizmatlardan jalb etilayotgan xodimlar bilan videoselektor tarzida xizmatoldi yoʻriqnomasi oʻtkazildi. Bunda Navbatchilik xizmati xodimlari tomonidan kunlik kelib tushgan ariza va xabarlar, ularning ijrosi yuzasidan hamda qoldiqdagi materiallar toʻgʻrisida axborot berildi. Yoʻriqnomada xodimlarning qisqacha kunlik faoliyatiga doir soʻz yuritilib, kelib tushgan ariza va xabarlarning ijrosi, ochilmagan jinoyatlar va qidiruvdagi shaxslarni aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli boʻyicha soʻrov amalga oshirildi. Hududlarda tungi xizmatni tashkil etish, tergov-tezkor guruhlarining faoliyati boʻyicha viloyat boshqarmasi tekshiruvchilarning axborotlari qabul qilindi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

   Shuningdek, klub aʼzolari viloyat IIB Navbatchilik qismi, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyatlarini yaqindan oʻrganishdi. Qolaversa, viloyat IIB sport zali imkoniyatlari va shaxsiy tarkib bilan olib boriladigan jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlari reja jadvallari bilan tanishdilar.

        Bundan tashqari, “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litsey binosida tashkil etilgan ichki ishlar organlari xodimlari Malaka oshirish institutining Buxoro filiali faoliyati va oʻquv jarayonlarini oʻrgandilar. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining “Jasorat” tarixiy muzeyi va unda aks ettirilgan tizim tarixi bilan tanishildilar. Viloyat 3-sektor shtabida ham boʻlib, ishchi guruhlar faoliyati, amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan zaruriy ishlar tahlil qilindi.        

    “Kelajak liderlari” klubi aʼzolarining kun davomidagi oʻrganishlari Buxoro shahrida yakunlandi. Viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Shuxrat Aliyev ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan tungi yoʻriqnoma oʻtkazilib, profilaktik tadbirlarda samarali faoliyat olib borgan bir qator xodimlar va jamoatchilik vakillari ragʻbatlantirildi.

Sh. JALOLOV,

podpolkovnik.

M. AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.