Meteorologlarning hisob-kitoblariga koʻra, mart oyining 1-sanasidan 31-maygacha davom etuvchi Bahor fasli yer yuzining turli joylarida iqlim, madaniyat va urf-odatlarga koʻra turli vaqtda turlicha oʻzgarishlar olib keladi.
Shimoliy yarimsharda bahor kelganda, Janubiy yarimsharda kuz fasli hukm surayotgan boʻladi.
Shimoliy yarimsharda bahor fasli bahorgi tengkunlik 19-21-martdan yozning 21-iyunigacha davom etsa, Janubiy yarimsharda avgust oyidan noyabr oyigacha davom etadi.
Bahor faslida boychechak, qoqioʻt, oq-sariq nargis guli, siren va lolalarning turli xillari birinchi boʻlib ochiladi. Yaponlar bahor fasli kelganini milliy Sakura daraxti (olcha daraxti) gullaganidan bilib olishadi. Bahor faslida dunyoning turli joylarida Pasxa bayrami, Aprelʼ hazil-mutoyiba kuni, Yer kuni, Daraxtlar kuni, Xotin-qizlar kuni, Otalar kuni, Meksika xalqlarida gʻalaba kuni (Cinco De Mayo), Hindistonda Ranglar festivali (Holi) va boshqa bayramlar nishonlanadi.
Bahor fasli qadimgi Maya xalqlarida, Yunonlarda hamda Osiyoliklarda turlicha talqin qilinadi. Ammo bashoratlar va urf-odatlar barchasi yangilanish, tugʻilish, tabiatning jonlanishi bilan hamohangdir.
AQSh Milliy Mol-mulk tashkilotining hisobotiga koʻra, ushbu fasl uy sotish va sotib olish boʻyicha eng ommabop davrdir. Ammo bahor oylari dunyoning maʼlum qismlarida kuchli toʻfonlar tez-tez sodir boʻlishi tufayli, xaridorlar uyning mustahkamligiga eʼtibor berishadi.
