IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlar oʻrtasida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi oʻtkazildi. Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan «Axborot kutubxona markazi» binosida boʻlib oʻtgan, «Kitob-beminnat ustoz, hayotni oʻrgatuvchi murabbiydir» mavzusiga bagʻishlangan tanlov ishtirokchilari oʻzlari oʻqigan kitoblar orasidan ikkitasining muallifi, qahramonlari, voqealari va asardan olgan taassurotlari haqida soʻzlab berishdi. Unda 7-son JIEK xodimi, safdor Saidabror Axmatov gʻolib deb topilib, tanlovning keyingi bosqichiga yoʻllanma oldi.
Rustam ShORAHIMOV,
podpolkovnik.
