Navoiy viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi xodimalari oʻrtasida “Kitobxonlik” tanlovi oʻtkazildi. Unda 9 nafar salomatlik posboni ishtirok etdi. 

Tanlov 2 bosqichda boʻlib oʻtdi. Birinchi bosqich “Men sevgan asar” deb nomlanib, unda har bir ishtirokchi chipta tortish orqali tanlangan badiiy asarining mazmun-mundarijasi, uni mutolaa qilish jarayonida olgan taassurotlari haqida soʻzlab berdi. “Atoqli adib” deb nomlangan ikkinchi bosqichda esa qatnashchilar buyuk adiblarning ijodi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bayon etdilar. Hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan qoʻshimcha savollar berilib, ishtirokchilarining bilimlari sinovdan oʻtkazildi. 

Qizgʻin ruhda oʻtgan tanlovda shifokor-pediatr Nilufar Nuralieva 3-oʻrinni, shifokor-psixiatr Dilfuza Azimova 2-oʻrinni, laborant Aziza Hayitova 1-oʻrinni egalladi. Gʻolib va sovrindorlarga kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi. 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.