“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Toshkent shahar IIBB JTSB va saf boʻlinmalari Patrul-post xizmati brigadasi maʼmuriy binosining saf maydonida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu yarmarkada “Sharq” nashiryoti badiiy, ilmiy hamda jahon adabiyotining nodir asarlari va turli janrlarda chop etilgan kitoblari bilan qatnashdi. Tadbir davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishib, tanlagan kitoblarini xarid qilishdi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
