Yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Majlislar zalida “El-yurt osoyishtaligi generallari”, “Ichki ishlar organlarining mard oʻgʻlonlari”, "Fayriylar - faxrimiz" hamda “Oʻzbekiston xalqi xizmatida” nomli kitoblarning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻribosari, polkovnik I.Axmedov, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Birlashgan kasaba uyushmasi bosh mutaxassisi, isteʼfodagi polkovnik A.Sattorov, vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti katta inspektori, podpolkovnik Q.Shokirov, IIV Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik Q.Qodirov, shuningdek, soha faxriylari, vazirlik xodimlari va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Unda soʻzga chiqqanlar mazkur kitoblarda mustaqillik yillarida mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilgan islohotlar, el-yurt osoyishtaligini taʼminlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi mashaqqatli va sharafli xizmat fidoyilari, shu bilan birga, tizimda koʻp yillar davomida samarali xizmat qilib, bugungi kunda yoshlarimizni ona Vatanga muxabbat va burchga sadoqat ruhida tarbiyalab kelayotgan faxriylar, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning jasorat va matonati aks ettirilganligini taʼkidlashdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
