Namangan viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari hamda bir guruh xodimlar viloyatdagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi Namangan “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyida istiqomat qilayotgan ayollar holidan xabar olishdi. Ular bilan samimiy suhbat qurib, bayram sovgʻalari taqdim etishdi. Kichik eʼtibordan boshi koʻkka yetgan keksalar yurtimiz tinch, bayramlar koʻp boʻlishini tilab duoga qoʻl ochishdi.
Namangan viloyati,
IIB Axborot xizmati.
