Xorazm viloyati IIB tashabbusi bilan ijtimoiy hayotga tadbiq qilingan “Xavfsiz bolalik” kontseptsiyasining “Kelajak sari” loyihasi 3-bosqich ishtirokchilari uchun koʻrgazmali-trening tashkil etildi.
Viloyat IIB maxsus boʻlinmasi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar xodimlarning xizmat faoliyati, qurol-aslahalari hamda texnika vositalari bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham soha mutaxassislaridan atroflicha javob olishdi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
