Taraqqiyot kushandasi boʻlmish korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yaqinda Namangan viloyatida joylashgan 7552-harbiy qismda boʻlib oʻtgan “Korrupsiya – halokatga yetaklovchi yul” mavzusidagi davra suhbati ham yuqoridagi fikrlarimiz tasdigʻidir.
Harbiy xizmatchilar ishtirokida oʻtkazilgan ushbu tadbirda soʻz olgan Namangan harbiy prokurori oʻrinbosari, adliya podpolkovnigi M.Bozarmirzayev mazkur illatning davlat va jamiyat hayotiga keltirayotgan zarari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, davra suhbatida soʻzga chiqqan boshqa maʼruzachilar ham bu borada oʻzlarining fikr va mulohazalarini bildirib, korrupsiyaga qarshi kurashish barcha fuqarolarning jamiyat farovonligi yoʻlidagi muhim vazifasi ekanligini taʼkidlashdi.
Haqiqiy vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida oʻtgan mazkur tadbir davomida osoyishtaligimiz posbonlari ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan yetarlicha javob olishdi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
